Futbol qoidalaridagi yangiliklar bo‘yicha seminar

11-Avgust 2025, 07:50
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining “Lochin” jamoasi murabbiylari va futbolchilari ishtirokida IFAB tomonidan tasdiqlangan yangi futbol qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Tadbirda 2025/26-yilgi mavsum uchun 3, 8, 9, 10, 12 va 14-bandlarga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar videomateriallar orqali tahlil qilindi va keng tushuntirildi. Mazkur seminar futbolchilarning nazariy bilimlarini oshirish, professional yondashuvni mustahkamlash hamda yangi qoidalarga moslashuvini tezlashtirishga xizmat qiladi.