Ikkinchi mutaxassislikka qabul

23-Iyul 2025

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) talabgorlar hujjat topshirishlari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ikkinchi mutaxassislikka qabul joriy yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi.

Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Qarshi davlat universitetining quyidagi yo‘nalishlariga ikkinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda:

Kunduzgi (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar: 
 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
 Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
 Boshlang'ich ta'lim
 Maktabgacha ta’lim
 Fizika

Kunduzgi (rus tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalish: 
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma (https://www.youtube.com/watch?v=Hj550RY9OkE)

Call markaz raqami: +99875 220 00 01
Ish vaqti: 09:00dan 18:00gacha