“Artuch o‘qishlari” – do‘stlik va ma’rifat forumi

21-Iyul 2025, 04:06
Universitet yangiliklari

2025 yil 14–17-iyul kunlari Tojikistonning Panjakent shahrida “Artuch o‘qishlari” VII forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyoda ma’rifat, adabiy-madaniy hamkorlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan. Forumda Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent Alisher Mahmudov “Jahon adabiyotida ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan tinglandi. Tadbirda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi yaqinlik va insonparvar g‘oyalarning umumbashariy ahamiyati alohida ta’kidlandi.