
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
Qarshi davlat universitetida Prezident hamda nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilayotgan iqtidorli talabalar ishtirokida tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi. Tadbir avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev stipendiyalar mazmuni, tanlov bosqichlari va talablari haqida ma’lumot berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Tanlovda 6 nafar magistrant va 39 nafar bakalavriat talabasi O‘zbekiston tarixi hamda xorijiy tillar bo‘yicha maxsus suhbatda qatnashdi. Yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Shuningdek, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Sh.Ibrohimov tanlov tartibi, baholash mezonlari va ariza topshirish tizimi haqida batafsil tushuntirish berdi.