
Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori
Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusida ilmiy-ma’rifiy forum bo‘lib o‘tdi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda Prezident tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mazkur markaz Islom madaniyati, bag‘rikenglik va taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etuvchi yirik ma’rifiy majmuaga aylanadi. Markazda bosma va elektron kitoblardan iborat kutubxona, qo‘lyozmalar arxivi, zamonaviy ekspozitsiyalar joy oladi. Loyihada xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etmoqda. Tadbirda markaz haqida videorolik namoyish etildi va ishtirokchilar uning ma’naviy-ilmiy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.