QarDU professor - o'qituvchilari ilmiy stajirovka o'tashmoqda

10-Iyun 2025, 04:46
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi Rasul Safarov 8-apreldan buyon Rossiyaning Novosibirsk davlat universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda. Stajirovka davomida u fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar A.S.Tersenov va G.V.Demedenko rahbarligida ilmiy ishini olib bormoqda. Reja asosida u universitetda bo‘lib o‘tayotgan 63-Xalqaro anjumanda “Radialno simmetrichniye reshiniya zadachi Neymana dlya uravneniya s p-laplasianom” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. R. Safarov ilmiy tadqiqotiga oid seminar va dars mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqda. U o‘z tadqiqot natijalarini yetakchi olimlar — G.V.Demedenko, A.S.Tersenov, I.I.Matveeva, shuningdek, Qozog‘iston milliy universiteti professorlari U.S.Abdibekov va M.A.Bektemesov bilan muhokama qilib, ularning tavsiyalarini oldi. Stajirovka 9-iyun kuni yakunlanadi.