
“Eko-oromgoh – 2025” ekologik haftaligi
2025-yil 26-may – 1-iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da “Eko-oromgoh – 2025” ekologik haftaligi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ekologiya vazirligi, Yoshlar agentligi, Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilib, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlandi. Haftalik doirasida butun respublikadan yosh yetakchilar, volontyorlar, ekofaollar hamda “Ekologiya bilimdonlari” tanlovi g‘oliblari ishtirok etishdi. Dasturga o‘quv-seminarlar, intellektual va sport musobaqalari, tanlovlar hamda madaniy tadbirlar kiritildi. Qarshi davlat universitetining Geografiya va agronomiya fakulteti talabalari ham ushbu tadbirlarda faol qatnashib, “Ekologiya bilimdonlari” tanlovida muvaffaqiyatli ishtiroklari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.