"Shoʻrtan" — "Lochin" oʻrtoqlik oʻyinida durang natija qayd etildi

26-Iyul 2025, 05:51
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 24-iyul kuni Gʻuzor "Markaziy" stadionida “Shoʻrtan” navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini Qarshi davlat universitetining “Lochin” jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Gollarga boy va kuchlar teng kechgan oʻyin 3:3 hisobi bilan yakunlandi. “Shoʻrtan” Jamoasi safida Mahmud Jo'raboyev dubl qayd etib, ikki bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. Uchinchi gol esa Ogʻabek Asadov tomonidan kiritildi. “Lochin” jamoasidan Shokir Yo'ldoshev, Nodir Mukarov va Mirjalol Qosimov oʻz nomlarini tabloga yozdirishga muvaffaq boʻlishdi. Uchrashuv orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash va turli taktik uslublarni sinovdan oʻtkazish imkoniga ega boʻldi. Ma'lumot o'rnida, shuningdek “Lochin” jamoasi yozgi oʻquv yigʻini doirasida Muborakning Mash'al U21 jamoasi ustidan 5-1 hamda Nasaf U21 jamoasi ustidan 3-1 hisobida gʻalaba qozondi. Mashgʻulotlar va tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda!